Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda «Tentpegging» federatsiyasi tashkil etildi

O‘zbekistonda «Tentpegging» federatsiyasi tashkil etildi

Milliy gvardiya qo‘mondonligi tashabbusi bilan O‘zbekiston «Tentpegging» federatsiyasi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

O‘zbekiston «Tentpegging»  federatsiyasi raisi Milliy gvardiya ot sporti bo‘yicha respublika oliy sport mahorati maktabi direktori N.Ibragimov va federatsiya raisi o‘rinbosari lavozimiga Yoshlar o‘rtasida harbiy-vatanparvarlik va sport ishlarini tashkillashtirish boshqarmasi boshlig‘i Q.Azizovlar tayinlandilar.

Qayd etilishicha, ushbu sport turi Osiyo va Yevropa davlatlarida juda ommabop bo‘lib, ayniqsa harbiy xizmatchilarning jismoniy va jangovar tayyorgarligini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring