O‘zbekistonda uchuvchi va styuardessalar tayyorlaydigan universitet tashkil qilish taklif qilindi
«Mening fikrim» jamoaviy murojaatlar portaliga O‘zbekistonda fuqaro aviatsiyasi xodimlari, jumladan uchuvchilarni tayyorlashga ixtisoslashtirilgan universitetni tashkil qilish haqida petitsiya joylandi.
Jaoaviy murojatda bildirilishicha, aholi soni kundan-kunga oshib, yo‘lovchilarni tashish, jumladan, havo transportidan foydalanishga bo‘lgan ehtiyoj ortib bormoqda. O‘tgan davr mobaynida mamlakatimizda fuqaro aviatsiyasini rivojlantirish, shu jumladan havo kemalari parkini yangilash, parvozlarning yuqori darajadagi xavfsizligini ta’minlash, aeroportlar infratuzilmasini va malakali mutaxassislar tayyorlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha izchil choralar amalga oshirildi. Ayni paytda yuqori malakali va boy tajribaga ega bo‘lgan uchuvchilar, styuard va styuardessalarga, muhandis-mexaniklarga talab yuqori.
«Shundan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasida fuqaro aviatsiyasi xodimlarini tayyorlash va ularning malakasini oshirishga ixtisoslashtirilgan universitet ochish zarur deb o‘ylayman. Ushbu takliflarni xorijiy tajribani o‘rgangan holda, amaliyotimizga tadbiq qilishimiz kerak», deb yozadi petitsiya muallifi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter