O‘zbekistonda xorijliklar ishtirokidagi korxonalar soni qanchaligi ma’lum qilindi
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yil 1-aprel holatiga, O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 14 226 tani tashkil etmoqda.
Shundan, 4 576 tasi qo‘shma korxonalar va 9 650 tasi xorijiy korxonalar hisoblanadi.
Xorijiy kapital ishtirokida eng ko‘p faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning davlatlar kesimida soni:
- Rossiya — 3 019 ta
- Xitoy — 2 501 ta
- Turkiya — 1 886 ta
- Qozog‘iston — 1 102 ta
- Janubiy Koreya — 727 ta
- AQSh — 311 ta
- Tojikiston — 307 ta
- Qirg‘iziston — 280 ta
- Ozarbayjon — 236 ta
- Germaniya — 220 ta
- Turkmaniston — 187 ta
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter