Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda Energetika vazirligi tuzildi

O‘zbekistonda Energetika vazirligi tuzildi

Foto:«Xs.uz»

Energetika, jumladan, elektr energiya, neft va gaz sohasini davlat tomonidan boshqarish bo‘yicha yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi organni tashkil etish bo‘yicha yangi vakolatli organ — Energetika vazirligi tuzildi. Bu haqda Telegramdagi «davletovuz» kanali xabar berdi. 

Tegishli hujjatga muvofiq, energetika sohasida «O‘zbekenergo» AJ, «O‘zbekneftgaz» AJ, «O‘zbekgidroenergo» AJdan davlat-hokimiyat vakolatlarini energetika sohasida mazkur davlat boshqaruvi organiga o‘tkazish nazarda tutilgan.

Bosh vazir o‘rinbosari — Geologiya, yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksi rahbari Alisher Sultonov ​yangi tashkil etilgan vazirlikni boshqarishi aytilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring