O‘zbekistonda yangi siyosiy partiya paydo bo‘lishi mumkin
O‘zbekiston Respublikasining «Siyosiy partiyalar to‘g‘risida»gi qonunining 6-moddasiga asosan ekologik partiya tashkil etish bo‘yicha mamlakatimiz fuqarolaridan iborat tashabbuskorlar guruhi shakllantirildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda mamlakatimizda to‘rtta siyosiy partiya – O‘zbekiston Xalq-demokratik partiyasi, «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi, «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Shuningdek, O‘zbekiston Ekologik harakati parlamentda o‘z deputatlar guruhiga ega.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter