O‘zbekistondagi Coca-Cola kompaniyasi sotildi
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi «Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston, Ltd» MChJ ustav kapitalidagi 57,118 foiz ulushini «Coca-Cola İçyecyek A.Ş.» kompaniyalar guruhiga sotish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqdada Davlat aktivlarini boshqarish agentligi rasmiy veb-sahifasida ma’lum qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi «Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston, Ltd» MChJ (Kompaniya) ustav kapitalidagi 57,118 % davlat ulushini «Coca-Cola İçyecyek A.Ş.» (CCI) kompaniyalar guruhiga, unga to‘liqligicha qarashli bo‘lgan «CCI International Holland B.V.» sho‘’ba korxonasi orqali 252,28 million AQSh dollariga sotish (bitim) bo‘yicha kelishuvga erishilganligini ma’lum qildi.
«Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston, Ltd» MChJ – O‘zbekistonda gazlangan alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqaruvchi eng yirik kompaniya bo‘lib, u Toshkent, Namangan va Urganch shaharlarida ishlab chiqarish zavodlariga, shuningdek omborxonalar tarmog‘iga ega. 2020 yil yakunlari bo‘yicha kompaniyaning sof foydasi 205 mlrd. so‘mni tashkil etgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter