Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistondagi turk qardoshlar Sardoba fojeasi oqibatlarini bartaraf etishda yordam qo‘lini cho‘zdi

O‘zbekistondagi turk qardoshlar Sardoba fojeasi oqibatlarini bartaraf etishda yordam qo‘lini cho‘zdi

Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv ombori falokati tufayli og‘ir ahvolda qolgan o‘zbekistonliklarga yurtimizdagi turkiyalik qardoshlar, O‘zbekiston va Turkiya ishbilarmonlar uyushmasi hamda Turkiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi yordam qo‘lini cho‘zdi.

«TURKIYaDAN SALOMLAR! SARDOBA, BIZ BIRGAMIZ!» deb nomlangan jamg‘arma falokatning dastlabki kunidanoq tashkil qilingan edi. Bugungi kunga kelib jamg‘armada 686,500,000 so‘m va 10,300 AQSh dollari yig‘ildi. Ushbu mablag‘ O‘zbekiston hukumati tomonidan Sardoba uchun ochilgan rasmiy hisobga o‘tkazildi.

— Qiyin ahvolda qolgan sardobaliklar uchun mablag‘ yig‘ish davom etmoqda, — dedi O‘zbekistondagi Turkiya elchisining matbuot maslahatchisi Davud Gazi Benli. — O‘zbekistonda yashaydigan turklar har qanday vaziyatda ham O‘zbekistonlik birodarlarimizga dalda bo‘lishda davom etadilar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring