O‘zbekistondan Ukrainaga gumanitar yordam yuborildi
Nodavlat notijorat tashkilotlari va O‘zbekiston biznes tuzilmalari Ukrainaga 10,5 tonna gumanitar yordam jo‘natdi. Bu haqda Ukrainaning O‘zbekistondagi elchisi Nikolay Doroshenko ma’lum qildi.
Gumanitar yordam Lvov viloyatining Drogobitskiy tumani ma’muriyati, Ijtimoiy siyosat bo‘limi va Lvov viloyati maxsus tibbiy yordam bo‘yicha kengashiga topshirilgan.
Ukrainaga jami 785 844 grivnaga (taxminan 21 282 dollar) qishki poyabzal , sport, bolalar va ayollar kiyimlari yuborilgan. Shuningdek, umumiy qiymati 157 771 grivna (taxminan 4 273 dollar) bo‘lgan tibbiy shpritslar, tibbiy paxta va infuzion tizimlar jo‘natilgan.
Avvalroq ukrainalik bolalar dam olish va reabilitatsiya uchun O‘zbekistonga olib kelingani xabar qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter