O‘zbekistonga 6 oyda 194,4 mln dollarlik telefon import qilingan

O‘zbekistonga 2025-yilning yanvar-iyun oylarida xorijdan qiymati 194,4 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan qariyb 1,9 mln dona mobil telefon import qilingan.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 64,7 ming dona yoki 3,6 foizga oshgan.
O‘zbekistonga 2025 yilning 6 oyida eng ko‘p mobil telefon yetkazib bergan davlatlar:
- Xitoy – 1 420,7 ming dona
- Vetnam – 375,1 ming dona
- BAA – 64,2 ming dona
- Hindiston – 16,4 ming dona
- Boshqa davlatlar – 1,1 ming dona
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter