Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonga dunyo hamjamiyatining e’tibori qaratiladi

O‘zbekistonga dunyo hamjamiyatining e’tibori qaratiladi

16-20 oktyabr kunlari Samarqanddagi «Silk Road Samarkand» sayyohlik majmuasida BMT Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) Bosh assambleyasining 25-sessiyasi bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, 2021 yilda Ispaniyada bo‘lib o‘tgan UNWTO Bosh assambleyasida O‘zbekiston nomzodi Portugaliya va Misr mamlakatlari bilan raqobatda g‘olib bo‘lgan.

Ta’kidlash joizki, Bosh assambleyaning bu galgi sessiyasida dunyoning barcha qit’alaridan 130 dan ortiq davlat ishtirok etadi. Bu Bosh assambleyaning avvalgi sessiyalariga nisbatan yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.                    

UNWTO Bosh assambleyasi doirasida Samarqandda Xalqaro Investitsiya forumi, Xalqaro ta’lim forumi, «Eng yaxshi turizm qishloqlari»ni taqdirlash marosimi, shuningdek, qator yalpi sessiyalar va madaniy tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

«Ushbu nufuzli tadbirning O‘zbekistonda o‘tkazilishi dunyo hamjamiyatining mamlakatimizga bo‘lgan e’tiborini yanada kuchaytiradi. Negaki Bosh assambleya tadbirlariga Butunjahon turizm tashkilotiga a’zo barcha davlatlarning ommaviy axborot  vositalari, investorlar tashrif buyuradi va barcha uchun muhim hisoblanadi», deyiladi Turizm qo‘mitasi xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring