O‘zbekistonga eng ko‘p rossiyaliklar ko‘chib kelmoqda
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–mart oylarida O‘zbekistonga 721 nafar xorij fuqarosi doimiy yashash maqsadida ko‘chib kelgan. Bu davrda mamlakatga eng ko‘p migrant Rossiyadan kelgan.
Statistikaga ko‘ra, doimiy yashash uchun ko‘chib kelganlarning 34,1 foizi Rossiya hissasiga to‘g‘ri keladi. Keyingi o‘rinlarda Qozog‘iston — 19,7 foiz va Tojikiston — 12,2 foiz bilan qayd etilgan.
Shuningdek, Qirg‘izistondan kelganlar ulushi 4,9 foizni, Turkmanistondan kelganlar esa 3,7 foizni tashkil etgan. Qolgan 25,4 foiz boshqa davlatlar hissasiga to‘g‘ri keladi.
Hududlar kesimida doimiy yashash uchun kelganlar soni bo‘yicha Toshkent shahri yetakchilik qildi. Uch oy davomida poytaxtga 454 nafar xorijlik ko‘chib kelgan. Bu umumiy ko‘rsatkichning yarmidan ko‘prog‘ini tashkil etadi.
Ikkinchi o‘rinda Toshkent viloyati qayd etildi. Hududga 126 nafar kishi doimiy yashash maqsadida kelgan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida bu ko‘rsatkich 56 nafarni tashkil etgan. Samarqand viloyatida 14 nafar, Farg‘ona va Xorazm viloyatlarida esa 11 nafardan xorijlik doimiy yashash uchun ro‘yxatdan o‘tgan.
Sirdaryo viloyatida 10 nafar, Navoiy viloyatida 9 nafar va Buxoro viloyatida 8 nafar ko‘chib kelganlar qayd etilgan. Andijon viloyatiga 6 nafar, Jizzax, Namangan va Surxondaryo viloyatlariga 5 nafardan xorijlik ko‘chib kelgani keltirilgan.
Qashqadaryo viloyati esa eng past ko‘rsatkichlardan birini qayd etdi. Ushbu hududga uch oyda atigi bir nafar xorij fuqarosi doimiy yashash uchun kelgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter