Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonga yengil mashinalar qaysi mamlakatlardan import qilinyapti?

O‘zbekistonga yengil mashinalar qaysi mamlakatlardan import qilinyapti?

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilning yanvar oyida O‘zbekiston 13 ta mamlakatdan qiymati 58,3 mln AQSh dollariga teng 2 193 ta yengil avtomobil import qildi.

Yengil avtomobillar importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 847 taga kamaygan.

Yanvar oyida O‘zbekiston eng ko‘p Xitoy va Janubiy Koreyadan yengil avtomobil sotib olgan (birgalikda qariyb 92 foiz).

Yanvar oyida O‘zbekiston yengil avtomobillarni eng ko‘p import qilgan davlatlar:

  1. Xitoy — 1 064 ta (48,5 foiz)
  2. Janubiy Koreya — 949 ta (43,2 foiz)
  3. AQSh — 110 ta
  4. Gonkong — 29 ta
  5. Germaniya — 12 ta
  6. Yaponiya — 10 ta
  7. BAA — 8 ta
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring