O‘zbekistonga janubdan quruq va issiq havo oqimi kirib kelmoqda – «O‘zgidromet»

Respublika Gidrometeorologiya xizmati boshlangan haftada kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
O‘tgan haftada O‘zbekiston aholisi mintaqamizga Ural hududidan kirgan sovuq oqim ta’sirini his qildi. Mamlakatimiz hududining katta qismida harorat iqlimiy me’yorlardan 4-7 darajaga past bo‘ldi.
Bugun sovuq havo respublika hududidan chekina boshladi. Harorat kunduzi 19-22 darajagacha ko‘tarilsada, bu hali hamon me’yordan 2-3 darajaga pastdir.
Ish haftasi davomida O‘zbekiston hududiga xorijiy janubdan quruq va issiq havo oqimi kirishni boshlaydi.
Butun respublika bo‘yicha ob-havo kam bulutli va yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi.
Harorat ko‘tarilib borib, kechasi 7-10 daraja, kunduzi 22-25 daraja issiq bo‘ladi, bu iqlimiy me’yorlardan 2-4 darajaga yuqoridir.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter