Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonga o‘qish maqsadida kelgan xorijliklar bo‘yicha ma’lumot berildi

O‘zbekistonga o‘qish maqsadida kelgan xorijliklar bo‘yicha ma’lumot berildi

2024-yilning yanvar-aprel oylarida 6,4 ming nafar chet el fuqarolari o‘qish maqsadida O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,4 ming nafarga yoki 59,8 foizga oshgan.

Joriy yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekiston Respublikasiga o‘qish maqsadida kelgan chet el fuqarolarining eng ko‘pi – Hindiston (2 090 nafar), Turkmaniston (1 627 nafar) va Tojikiston (758 nafar) davlatlaridan bo‘lsa, mazkur ro‘yxatni Qozog‘iston (102 nafar), AQSh (118 nafar) va Afg‘onistondan (132 nafar) kelgan talabalar tugatib beradi.

Ma’lumot uchun, 2023-yilda O‘zbekistonga o‘qish maqsadida kelgan chet el fuqarolari soni 16,8 ming kishini tashkil qilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring