Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonga sayyohlar qaysi mamlakatlardan kelmoqda?

O‘zbekistonga sayyohlar qaysi mamlakatlardan kelmoqda?

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilning iyul oyida 540,7 ming nafar chet el fuqarolari sayyohlik maqsadlarida O‘zbekistonga kelgan.

Ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 359,8 ming nafarga yoki 3 baravarga oshgan.

O‘zbekistonga iyul oyida turist sifatida kelgan chet el fuqarolari:

  1. Qozog‘iston —  181,8 ming nafar
  2. Tojikiston —  143,4 ming nafar
  3. Qirg‘iziston —  126,3 ming nafar  
  4. Rossiya —  61,6 ming nafar  
  5. Turkiya — 6,8 ming nafar
  6. Janubiy Koreya — 2,2 ming nafar
  7. Germaniya — 1,5 ming nafar  
  8. AQSh — 1,3 ming nafar
  9. Isroil — 1,2 ming nafar
  10. Hindiston — 1,1 ming nafar
  11. Buyuk Britaniya — 1 ming nafar 
  12. Belarus — 0,9 ming nafar
  13. Fransiya — 0,8 ming nafar  
  14. Italiya — 0,7 ming nafar
  15. Ispaniya — 0,4 ming nafar
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring