O‘zbekistonlik 26 yoshli sportchi YTH qurboni bo‘ldi
AGMK futzal jamoasi a’zosi Timur Berdiyev yo‘l transport hodisasi oqibatida halok bo‘ldi.
Timur Berdiyev 1995-yilda dunyoga kelgan. Futzalda faoliyatini havaskorlar ligasida boshlagan. «Ardus», «Paxtakor», AGMK futzal jamoalari sharafini himoya qilgan. 2021-yil qishki transfer oynasida Bishkekning «Farvater» jamoasiga o‘tishi rejalashtirilgan edi.
Xabarlarga ko‘ra, futzalchi 2021-yil 27-fevral kuni Andijondan Toshkentga «Matiz» avtomashinasida yo‘lovchi sifatida qaytayotgan bo‘lgan. Qamchiq dovonida «Matiz», «Nexia» va «Tico» avtomobillari yo‘l transport hodisasiga uchragan. To‘qnashuv oqibatida Timur Berdiyev hayotdan ko‘z yumgan. YTH natijasida yana bir bir yo‘lovchi jarohat olgani aytilmoqda. Boshqa tafsilotlar keltirilmagan.
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi AGMK futzal jamoasi a’zosi Timur Berdiyevning vafoti munosabati bilan marhumning yaqinlari va oila-a’zolariga chuqur ta’ziya va hamdardlik bildiradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter