O‘zbekistonlik besh shaxmatchi FIDE top-100 reytingiga kirdi

O‘zbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE)ning 2025-yil iyul oyi reytingida 7-o‘rinni band etdi. Uning hisobida 2771 ball bor.
FIDE reytingida hamon Magnus Karlsen yetakchi — 2839 ball. Shuningdek, Hikaru Nakamura (2807) va Fabiano Karuana (2784) — kuchli uchlikda.
Amaldagi jahon chempioni, hindistonlik Gukesh Dommaraju — oltinchi o‘rinda (2776).
Dunyoning eng kuchli shaxmatchilari reytingi (top-100)ga jami 5 nafar o‘zbekistonlik shaxmatchi kirdi:
- 7-o‘rin — Nodirbek Abdusattorov (2771)
- 25-o‘rin — Javohir Sindarov (2722)
- 48-o‘rin — Rustam Qosimjonov (2675)
- 59-o‘rin — Nodirbek Yoqubboyev (2663)
- 76-o‘rin — Shamsiddin Vahobov (2650).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter