O‘zbekistonlik bokschilar Jahon kubogida birinchi o‘rinni egallashdi

Polshada boks bo‘yicha Jahon kubogining ikkinchi bosqichi o‘z yakuniga yetdi.
16-may, juma kuni o‘tkazilgan final janglarining barchasida o‘zbekistonlik sportchilar g‘alaba qozonib, 6 ta oltin medalga sazovor bo‘lishdi. Yettinchi finalchi Xumorabonu Mamajonova esa kumush medali bilan taqdirlandi.
G‘olib va sovrindorlar:
Oltin medal:
- -55 kg: Mirazizbek Mirzahalilov
- -65 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev
- -75 kg: Fazliddin Erkinboyev
- -80 kg: Javohir Ummataliyev
- -85 kg: Akmaljon Isroilov
- +90 kg: Jahongir Zokirov
Kumush medal:
- -57 kg: Xumorabonu Mamajonova
Bronza medal:
- -60 kg: Samandar Olimov
- -70 kg: G‘ofurjon Tohirov
Yakunda 6 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medallari bilan o‘zbekistonlik bokschilar umumjamoa hisobida birinchi bo‘lishdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter