O‘zbekistonlik hakam Avstriya-Jazoir o‘yinini boshqaradi
Kongo DR - O‘zbekiston o‘yinini germaniyalik hakam boshqaradi. O‘zbekistonlik Ilgiz Tantashev esa Avstriya-Jazoir o‘yiniga referilik qiladi.
Futbol bo‘yicha jahon chempionatining 3-turida ishlaydigan hakamlar brigadasi ma’lum qilindi. Unga ko‘ra, K guruhidan o‘rin olgan Kongo DR va O‘zbekiston bahsida germaniyalik Feliks Svayer boshchiligidagi hakamlar ishlaydi. 4 va 5-referilar sifatida ispaniyalik mutaxassislar qayd etilgan.
Eslatib o‘tamiz ushbu bahs Toshkent vaqti bilan 28 iyun tonggi 04:30 da boshlanadi.
Ilgiz Tantashev jamoasi Jahon chempionatidagi navbatdagi o‘yinini boshqarib boradi.
Musobaqaning 3-turidan o‘rin olgan Jazoir- Avstriya uchrashuvi o‘zbekistonlik hakamlar jamoasiga ishonib topshirilgan.
Mazkur bahsni FIFA hakami Ilgiz Tantashev boshqarib boradi. Unga qanotlarda Andrey Sapenko va Timur Gaynullin yordam beradi.
Uchrashuv 28 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 07:00 da boshlanadi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter