O‘zbekistonlik ofitser Rossiya mudofaa vazirligi tomonidan mukofotlandi
Rossiya Federatsiyasi mudofaa vazirligi o‘zbekistonlik podpolkovnik Rustam Jabarovni jangovar hamdo‘stlik va harbiy hamkorlikni mustahkamlashga qo‘shgan hissasi uchun medal bilan mukofotladi. Bu haqda «Sputnik» xabar bermoqda.
«Jangovar hamdo‘stlikni mustahkamlagani uchun» medali ofitserga «Tinchlik missiyasi - 2018» ShHT davlatlari o‘quv mashg‘ulotlarining tantanali yopilish marosimida topshirildi.
«O‘zbekistonlik bir guruh ofitserlar «Tinchlik missiyasi» o‘quv mashg‘ulotlarida kuzatuvchi sifatida ishtirok etdi. Mashg‘ulotlarning so‘nggi bosqichida O‘zbekiston Qurolli kuchlarining Bosh shtabi boshlig‘i general-mayor Pavel Ergashev ham tashrif buyurdi»,- deyiladi xabarda.
Marosimda shuningdek, Tojikiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Hindiston, Pokiston va Xitoy davlatlarining harbiy vakillari ham medallar bilan taqdirlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter