Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonlik o‘quvchi xalqaro SAT imtihonida rekord natijani qayd etdi

O‘zbekistonlik o‘quvchi xalqaro SAT imtihonida rekord natijani qayd etdi

Buxoro shahridagi 2-umumta’lim maktabi bitiruvchisi Parviz Tuksanov SAT imtihonida 1560 ballni qo‘lga kiritib, rekord natijani qayd etdi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Parviz Tuksanov o‘tgan o‘quv yilida bilish darajasini belgilovchi xalqaro IELTS imtihonida 8.5 ballni qo‘lga kiritib, bu borada O‘zbekiston yoshlari orasida eng yaxshi natijani qayd etgan edi.

Ma’lumot uchun, SAT imtihoni –  «akademik baholash testi» bo‘lib, abituriyentlarning tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini tekshirish uchun o‘tkaziladigan xalqaro imtihon. Dunyoning eng nufuzli oliygohlarida o‘qish istagida bo‘lgan yoshlar, albatta SAT sertifikatiga ega bo‘lishlari shart.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring