Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonlik shoirning kitobi Turkiyada chop etildi

O‘zbekistonlik shoirning kitobi Turkiyada chop etildi

Turkiyaning nufuzli nashriyotlaridan biri «Baygenç Yayıncılığı» O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir va publitsist Olimjon O‘sarovning «Aşktan Bir Dünya Kuracağim» («Muhabbatdan Vatan quraman») nomli kitobini turk tilida nashr qildi.

Kitobdan shoirning Vatan, istiqlol, muhabbat mavzusidagi turkum she’rlari o‘rin olgan.

Bugun, 4 avgust kuni, soat 14:00 da Alanya shahridagi Yozuvchilar jamiyati binosida turkiyalik kitobsevarlarga mazkur kitobning taqdimot marosimi bo‘lib o‘tadi.

Tadbirda taniqli shoir va yozuvchilar, noshirlar va tarjimonlar, jamoat arboblari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etadi.

Kitob haqida ma’lumot:

Noshir va muharrir – Arslan Bayir

Tarjimon – Dilfuza Miskin

Rassom – Senixa O‘zdil.

Baigench Yayındcilyk, Kadipaşa mah.Alanay Sok.  badem Art. 6/13 Nashriyot sertifikati 51816 Alanya/Antaliya/Turkiya.  ISBN N0: 9786258457599

Kitob 10000 nusxada chop etilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring