O‘zbekistonlik talabalar Dubayda bo‘lib o‘tgan COP-28 doirasidagi Talent & Green Summitda ishtirok etishdi
3-8 dekabr kunlari O‘zbekiston talabalari «Seeds tour» ta’lim turida ishtirok etishadi. Ushbu tur BAAning Dubay shahrida bo‘lib o‘tgan BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha COP-28 konferensiyasi davomida Seeds for the Future dasturining ayrim ishtirokchilari uchun tashkil etildi. Sayohat davomida talabalar barqaror rivojlanish uchun raqamli iste’dodlarni birlashtirishga qaratilgan Talent & Green Summitda ishtirok etishdi.
BAAning Dubay shahrida bo‘lib o‘tadigan COP-28 iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiya doirasida O‘zbekistondagi oliy o‘quv yurtlaridan sakkiz nafar talaba «Seeds tour» ta’lim turida ishtirok etish uchun taklif etilgan. Joriy yilning sentyabr oyida Qatar poytaxti Doha va BAAning Dubay shaharlarida «Seeds for the Future» ta’lim dasturi doirasida o‘tkazilgan Tech4Good mintaqaviy tanlovida g‘olib bo‘lgan «Techno Mind» jamoasi vakillari sayohatga yo‘l olishdi. «Techno Mind» jamoasi tarkibi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti, Toshkent shahridagi Inha Universiteti, Toshkent shahridagi Amity Universiteti, Toshkentdagi Kimyo Xalqaro Universiteti va Yangi O‘zbekiston Universiteti talabalaridan iborat bo‘ldi.
Turning asosiy tadbirlaridan biri 5 dekabr kuni o‘tkazilgan «Seeds for the Future 2.0» ta’lim dasturining 22 davlatdan 36 nafar ishtirokchini birlashtirgan «Talent & Green Summit» bo‘ldi. Sammitda iqtidorli yoshlar bilan bir qatorda xalqaro tashkilotlar olimlari, ta’lim muassasalari professorlari, Huawei kompaniyasi ekspertlari ishtirok etdilar. Ishtirokchilar yoshlar o‘rtasida raqamli ko‘nikmalarni rivojlantirish va iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq muammolarni hal qilishda raqamli texnologiyalardan foydalanish zarurligini muhokama qildilar.
«Iqlim o‘zgarishini yumshatish barchamizni o‘ylantiradigan mavzu bo‘lishi kerak. COP-28 munozaralarni boshlash va real harakatlarni muhokama qilish uchun dunyodagi eng yaxshi g‘oyalar va kuchlarni birlashtirish maqsadida ajoyib platforma yaratdi. Yosh avlod kelajakdagi barqaror rivojlanishning muhim tayanchidir, – dedi Huawei kompaniyasining korporativ kommunikatsiyalar departamenti vitse-prezidenti Chjan Yuan xonim o‘z nutqida. – Huawei yosh iste’dodlarga raqamli bilimlarni taqdim etishda, ijodkorlik va intilishlarni ochib berishda, AKT texnologiyalari imkoniyatlarini namoyish etishda, real hayotdagi muammolarni hal qilishda, qiyinchiliklarga duch kelib ularni yengishda davom etadi».
Sammitda «Techno Mind» jamoasi yetakchisi, Toshkent shahridagi Inha Universiteti talabasi Nodira Otabekova so‘zga chiqib, Tech4Good tanlovida eng yaxshi g‘oya deb topilgan «Aquatibia» loyihasini taqdim etdi. Loyiha chiqindilar minimal darajasiga erishish, ocharchilikni bartaraf etish (BRM2) va toza suv va sanitariya (BRM6) kabi muhim barqaror rivojlanish maqsadlariga (BRM) erishishga qaratilgan. Loyihani amalga oshirish atrof-muhitga, qishloq xo‘jaligiga, tuproq sifatiga va hududlarda turmush sharoitini yaxshilashga katta ta’sir ko‘rsatishi, bir vaqtning o‘zida ikkita asosiy muammoni: biologik chiqindilarni qayta ishlatish, sug‘orish suvlarini tuzlar va og‘ir metallardan filtrlash ishlarini hal etishi mumkin.
«Jamoamizning yutuqlari faqat texnologik innovatsiyalar tufayli emas. Biz umumiy qarash va do‘stlik tuyg‘usini rivojlantirish juda muhimligini tushundik. Texnologik taraqqiyot davrida biz yoshlarning imkoniyatlarini kengaytirish va hamkorlikni mustahkamlash uchun turli innovatsiyalardan foydalanishimiz kerak. Biz dunyoning bir burchagidan boshqasiga birlashib, fikr almashishimiz va eng zo‘r kelajak uchun hamkorlik qilishimiz mumkin», dedi Nodira o‘z nutqida.
«Seeds tour» doirasida ishtirokchilar Expo City Dubai ko‘rgazmasida COP-28 yashil zonasida bo‘lib o‘tgan ko‘rgazmaga tashrif buyurishdi, o‘yinlarni rivojlantirish bo‘yicha yetakchilardan biri Sawa Group kompaniyasining muvaffaqiyatli faoliyati bilan tanishishdi, shuningdek, Dubay bo‘ylab tanishuv safarida ham ishtirok etishdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter