O‘zbekistonlik voleybolchilar jahon chempionatidagi ishtirokini yakunladi

O‘zbekiston vakillari musobaqani 14-o‘rinda tugatishdi.
O‘zbekistonlik voleybolchilar jahon chempionatidagi ishtiroklarini yakunlashdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Toshkentda o‘tayotgan voleybol bo‘yicha yigitlar o‘rtasidagi U19 jahon chempionati o‘z yakuniga yetib bormoqda.
Bugun O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi a’zolari pokistonlik tengqurlariga qarshi 13-o‘rin uchun bahs olib borishdi.
Bellashuv raqib jamoaning g‘alabasi bilan yakunlandi va O‘zbekiston vakillari musobaqani 14-o‘rinda tugatishdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter