O‘zbekistonlik xonanda jiddiy ayblov bilan qamoqqa olindi
Xonanda J. U. voyaga yetmagan Sh. M.ni nomusiga tekkanligi holati yuzasidan 9 dekabr kuni Samarqand viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atgan va hozirda dastlabki tergov harakatlari bormoqda. Bu haqda viloyat prokuraturasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, voyaga yetmagan Sh.M. advokati M.Rustamova bilan birgalikda viloyat prokuraturasiga murojaat etishib, J.U.ga nisbatan bo‘lgan jinoyat ishi tergov harakatlaridan noroziliklarini bayon etishgan.
Murojaat Samarqand viloyat prokurori R.Masharipov tomonidan o‘rganilib, ariza muallifi advokati M.Rustamova ishtirokida o‘zi rahbarligida viloyat prokuraturasi va IIB mas’ullari ishtirokida 2020-yil 18-dekabr kuni qabul qilinib, jinoyat ishi viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olinganligi va tez kunlarda qonuniy qaror qabul qilishi ta’kidlandi.
Shundan so‘ng, ishda to‘plangan dalillar asosida J.U.ga nisbatan 118-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan ayb e’lon qilinib, sudning 21.12.2020-yildagi ajrimiga asosan unga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.
Jinoyat ishi tergovi viloyat prokurori R.Masharipov tomonidan alohida nazoratga olindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter