O‘zbekistonlik yosh shaxmatchilar Butunjahon olimpiadasida yakka peshqadam

Turkiyaning Konya shahrida 16 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasida davom etayotgan shaxmat bo‘yicha Butunjahon olimpiadasida kecha, 1 dekabr kuni O‘zbekiston terma jamoasi sakkizinchi turni o‘tkazdi.
Unda yosh shaxmatchilarimiz Eron terma jamoasini 2,5 – 1,5 hisobida mag‘lubiyatga uchratishdi.
Terma jamoamiz 8-raunddan so‘ng 7 g‘alabaga erishib, turnirda yakka peshqadam bo‘lib turibdi.
Bugun hamyurtlarimiz Xitoy terma jamoasiga qarshi dona suradilar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter