Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonliklar bu haftada ketma-ket uch kun dam olishadi

O‘zbekistonliklar bu haftada ketma-ket uch kun dam olishadi

O‘zbekistonda mamlakat Konstitutsiyasi qabul qilingan sana – 8-dekabr rasman dam olish (ishlanmaydigan) kun hisoblanadi. Bu yilgi bayram hafta so‘nggiga to‘g‘ri kelgani bois haftasiga 5 kun ishlaydigan o‘zbekistonliklar ketma-ket 3 kun dam olish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Chunki 9 va 10 dekabr kunlari shanba-yakshanbaga to‘g‘ri kelmoqda, ko‘pchilik haftaning bu kunlarida dam olishadi.

Avvalroq uch kunlik dam olish imkoniyati yuzaga kelayotganini inobatga olgan «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida 8–9 dekabr kunlari Toshkent va Samarqand yo‘nalishida qo‘shimcha «Afrosiyob» poyezdlari qatnovga qo‘yilishini ma’lum qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilda o‘zbekistonliklar Ramazon hayiti munosabiti bilan ketma-ket 4 kun, Qurbon hayitida esa ketma-ket 5 kun dam olishgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring