O‘zbekistonliklar eng ko‘p qaysi davlatlarga safar qilmoqda?
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-oktyabr oylarida O‘zbekistonning qariyb 6,4 mln nafar fuqarosi turistik maqsadlarda chet elga safar qilgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda deyarli 1,3 mln nafarga yoki 24,7 foizga oshgan.
Joriy yilning 10 oyida O‘zbekiston fuqarolari eng ko‘p safar qilgan mamlakatlar (top-10):
- Qirg‘iziston — 2,8 mln nafar;
- Qozog‘iston — 1,2 mln nafar;
- Tojikiston — 1,1 mln nafar;
- Rossiya — 370,1 ming nafar;
- Saudiya Arabistoni — 237,1 ming nafar;
- Turkiya — 230,8 ming nafar;
- BAA — 114,1 ming nafar;
- Misr — 56,2 ming nafar;
- Xitoy — 39,6 ming nafar;
- Vetnam — 32,8 ming nafar;
- Boshqa davlatlar — 204,1 ming nafar.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter