Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonliklar to‘rt toifaga ajratildi

O‘zbekistonliklar to‘rt toifaga ajratildi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Prezident raisligida videoselektor yig‘ilishi davom etmoqda. 

Hokim yordamchilari uch oy davomida 35,3 million aholi yashaydigan 6 million 900 ming xonadonni to‘liq xatlovdan o‘tkazib, ularni 4 ta toifaga ajratgani ta’kidlandi. Bular:

- 11 foizi – kam daromadli;

- 47 foizi – doimiy daromadi bo‘lgani bilan qo‘shimcha daromadga ehtiyoji bor;

- 6 foizi – ijtimoiy himoyaga muhtoj;

- 36 foizi – iqtisodiy ahvoli yaxshi, o‘ziga to‘q oilalar hisoblanadi.

Ya’ni, yangi tizim orqali har bir hokim, uning iqtisod bo‘yicha 1-o‘rinbosari va hokim yordamchilari aholining 64 foizi bilan manzilli ishlash kerakligini bilib oldilar.

Bu borada, joylardagi mutasaddi rahbarlar va hokim yordamchilari birinchi va ikkinchi toifadagi xonadonlar bilan ishlab, 3 oyda 736 ming nafar fuqaroning bandligini ta’minladi hamda 54 ming nafar fuqarolarni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring