O‘zbekistonning 13 bankiga sanksiyalar qo‘llanildi

Bank kartalari orqali xizmat ko‘rsatilishida qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan banklar javobgarlikka tortildi.
Markaziy bank Andijon, Farg‘ona, Buxoro, Samarqand va Toshkent viloyatlarida ayrim bank muassasalarida mijozlarga bank kartalari orqali xizmat ko‘rsatilishida qoidabuzarlik holatlarini aniqladi.
Bunga yo‘l qo‘ygan tijorat banklariga nisbatan (Xalq banki, Agrobank, Mikrokreditbank, Ipak yo‘li banki, Ipoteka-bank, Qishloq qurilish bank, O‘zsanoatqurilishbank, Savdogarbank, Infinbank, Hamkorbank, Milliy bank, Aloqabank va Turonbank) belgilangan tartibda sanksiyalar qo‘llanildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter