O‘zbekistonning Axborot kodeksi qabul qilinadi – loyiha

Prezidentning Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekistonning 2030-yilgacha bo‘lgan Milliy strategiyasini tasdiqlashga doir farmoni loyihasiga ko‘ra, AOKA hamda tegishli vazirlik va idoralar, O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi hamda fuqarolik jamiyati institutlari joriy yilning dekabriga qadar Axborot kodeksi loyihasini belgilangan tartibda Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritishlari lozim.
Bunda:
- insonning axborot tarqatish va axborot olishga doir huquq hamda erkinliklariga tegishli tushuncha va normalarni tizimlashtirish;
- raqamli axborot makonida inson huquq va erkinliklari buzilishida huquqiy himoyani kuchaytirish nazarda tutilishi lozim.
Qayd etilishicha, kodeksning qabul qilinishi bilan mnsonning axborot olish, undan foydalanishga oid huquqlarini, ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta’minlashga oid qonunchilik tizimlashtiriladi va takomillashadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter