Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonning Bosniya va Gersegovinadagi birinchi elchisi tayinlandi

O‘zbekistonning Bosniya va Gersegovinadagi birinchi elchisi tayinlandi

Bugun, 14-aprel yangi tayinlangan elchi ushbu mamlakat Prezidiumi raisi Jelka Sviyanovichga ishonch yorlig‘ini topshirdi.

Ushbu marosimdan so‘ng bo‘lib o‘tgan muloqotda davlatlar o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Savdo-iqtisodiy, madaniy va turizm sohalarida hamkorlikni mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Bosniya va Gersegovina yetakchisi Jelka Sviyanovich O‘zbekistonda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va ularning natijalarini yuqori baholadi.

Ma’lumot uchun, Baxtiyor Ibragimov bungacha O‘zbekistonningAvstriya, Albaniya va Slovakiyadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi sifatida akkreditatsiya qilingan edi. Xususan, diplomat 2023-yil noyabr oyida Avstriya Prezidenti Aleksandr Van der Bellenga, 2025-yil yanvar oyida Albaniya Prezidenti Bayram Begayga va shu yilning mart oyida Slovakiya Prezidenti Peter Pellegriniga o‘zining ishonch yorliqlarini topshirgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring