O‘zbekistonning doimiy aholisi soni ma’lum qilindi

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra, respublikaning doimiy aholisi soni 34,5 mln. kishini tashkil etmoqda.
Aholi soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 653,7 ming kishiga ko‘paygan.
Doimiy aholining o‘sish sur’ati 101,9 % ga teng.
Mamlakatimiz aholisi har oyda o‘rtacha 54,5 ming kishiga ko‘paygan.
2020-yilning har bir kunida doimiy aholi soni o‘rtacha 1,8 ming kishiga oshgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter