Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonning Italiyadagi elchisi o‘z missiyasini yakunlayapti

O‘zbekistonning Italiyadagi elchisi o‘z missiyasini yakunlayapti

O‘zbekiston elchisi Otabek Akbarov o‘zining diplomatik missiyasi yakunlanishi munosabati bilan Rim shahrida Italiya tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vazirining o‘rinbosari Edmondo Chiriyelli bilan uchrashdi. Bu haqda «Dunyo» AA xabar bermoqda.

Edmondo Chiriyelli Otabek Akbarovning o‘tgan besh yillik faoliyatini ijobiy baholadi va Italiya TIV nomidan ikki tomonlama munosabatlarni yangi bosqichga ko‘tarish, ularga ko‘p qirrali va barqaror tus berish borasidagi sa’y-harakatlari uchun minnatdorlik bildirdi.

Uchrashuvda turli sohalardagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan 10 dan ortiq yangi hukumatlararo va idoralararo hujjatlar imzolangani, jumladan, huquqni muhofaza qilish, sanoat mulki, qishloq xo‘jaligi, madaniyat sohalaridagi bitimlar e’tirof etildi.

Eslatib o‘tamiz, 2018-yil avgust oyida Italiyaga elchi etib tayinlangan Otabek Akbarov bir vaqtning o‘zida O‘zbekistonning Gretsiyadagi elchisi hamda respublikaning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO), Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi (IFAD) va Jahon oziq-ovqat dasturi (WFP)dagi doimiy vakili sifatida ham faoliyat yuritgan.  

Ma’lumot uchun, ayni paytda Istaliyada O‘zbekistonning 2 ta faxriy konsulligi Florensiya va Milanda tashkil etilgan. Italiyaning boshqa mintaqalarida ham faxriy konsulliklarni ochish rejalashtirilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring