O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi qariyb $26 milliardga yetdi
2023-yilning yanvar-may oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 25,8 mlrd AQSh dollarini tashkil etgan. Bu haqda Statistika agentligi ma’lum qildi.
Bu ko‘rsatkich 2022-yilning mos davriga nisbatan 5,2 mlrd AQSh dollariga yoki 25,4 foizga oshgan.
Hisobot davridagi O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi hajmida eksport 10,5 mlrd AQSh dollari va import 15,3 mlrd. AQSh dollarini tashkil etgan.
O‘zbekiston 2023-yilning yanvar-may oylarida jahonning 182 ta mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter