O‘zbekistonning yana bir futbolchisi jarohat oldi
Osiyo kubogi-2023 startidan oldin O‘zbekiston milliy jamoasining yana bir muhim futbolchisi jarohat oldi.
Falastinga qarshi Qatarda o‘tgan nazorat uchrashuvida 79-daqiqada Bobur Abduxoliqov tomonidan kiritilgan yagona gol Srechko Katanets shogirdlariga g‘alaba keltirdi.
Uchrashuvda jamoamiz himoyachisi Husniddin Aliqulov jarohat olgan. 24 yoshli futbolchining turnirni o‘tkazib yuborishi kutilmoqda. Sababi Aliqulovning klubi safida Turkiya chempionati doirasida olgan jarohati qaytalangan.
Avvalroq, Eldor Shomurodov jarohati sababli turnirni o‘tkazib yuborishi ma’lum bo‘lgandi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy jamoasi Osiyo kubogi-2023 1-turi doirasida 13 yanvar kuni Suriyaga qarshi maydonga tushadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter