Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbekneftegaz» Londonda yirik anjuman o‘tkazmoqda

«O‘zbekneftegaz» Londonda yirik anjuman o‘tkazmoqda

Noan’anaviy va qayta tiklanadigan energiya manbalarini yanada rivojlantirish va joriy etish masalalari ham muhokama qilinadi.

Foto: «uz24.uz»

18-19-aprel kunlari London shahrida «O‘zbekneftegaz» AJ va Investitsiya davlat qo‘mitasi tomonidan hamda O‘zbekiston va Buyuk Britaniya elchixonalarining ko‘magida tashkil etilgan, «O‘zbekiston neft va gaz sohasining investitsion imkoniyati» mavzusida Britaniya-O‘zbekiston davlatlarining ilk energetik forumi o‘z ishini boshladi.

Forumning asosiy maqsadi O‘zbekiston neft va gaz sohasidagi investitsiya loyihalarini moliyalashtirish, zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash hamda xalqaro konsultantlar ishtiroki masalalarini tashkil etishni muhokama qilishdan iboratdir.

Mazkur forumni o‘tkazish uchun London shahri bejiz tayinlanmagan. Chunki hozirgi vaqtda London dunyoning eng yirik moliyaviy markazlaridan biriga aylangan bo‘lib, aksariyat tijorat banklari va moliya institutlarining bosh ofislari aynan shu yerda joylashgan.

Forumda Buyuk Britaniyaning savdo va eksportni rag‘batlantirish vaziri Baronessa Rona Ferxed, shu jumladan tijorat banklari, Buyuk Britaniya. Yevropa mamlakatlarining iqtisodiy sektori, neft va gaz, xalqaro moliya institutlarining rahbarlari tarkibidan tashkil topgan vakillar ishtirok etishadi.

Tadbirda Britaniya tomoni O‘zbekiston haqida, uning qulay sarmoyaviy muhiti, O‘zbekistonda neft va gaz sohasini rivojlantirish, shuningdek, O‘zbekistonning neft-gaz sohasidagi ayrim investitsiya loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha takliflarni Britaniya moliya institutlari kreditlari orqali taqdim etadi.

Forum doirasida Britaniya tomoni O‘zbekiston haqida, uning qulay sarmoyaviy muhiti, O‘zbekistonda neft va gaz sohasini rivojlantirish, shuningdek, O‘zbekistonning neft-gaz sohasidagi ayrim investitsiya loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha takliflarni Britaniya moliya institutlari kreditlari orqali taqdim etadi.

«Financial Times»ning rasmiy matbuot xabarnomasida aytilishicha, bugungi kunda jadal rivojlanayotgan O‘zbekiston Markaziy Osiyodagi eng yirik iste’mol bozori sanaladi.

Mamlakatdagi iqtisodiy va siyosiy o‘zgarishlarning natijasida O‘zbekistondagi siyosiy o‘zgarishlar natijasida dunyoga tanilib, savdo va investitsiyalar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.

Mintaqadagi barqaror iqtisodiyotga ega bo‘lgan, resurslarga boy mamlakat bugungi kunda dunyoning eng katta ochiq maydoniga ega oltin qazib oluvchi o‘nta eng yirik davlatlardan biri bo‘lib, shu bilan birga mis, volfram, qo‘rg‘oshin, rux va uran kabi strategik muhim resurslar zaxiralariga egadir.

Bu yirik gaz ishlab chiqaruvchi (yiliga taxminan 60 milliard kubometr) bo‘lib, uni qazib olish, qayta ishlash va tashish bo‘yicha loyihalarga faol sarmoya kiritadi.

Forumning boy biznes dasturi 2 ta plenar sessiya, B2B formatida uchrashuvlar, shuningdek ishtirokchi kompaniyalar taqdimotini o‘z ichiga oladi.

Shuningdek, noan’anaviy va qayta tiklanadigan energiya manbalarini yanada rivojlantirish va joriy etish masalalari ham muhokama qilinadi.

Forumning asosiy tadbirlaridan biri bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi va Britaniya Eksportni moliyalashtirish agentligi (UKEF) o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasida investitsiya loyihalarini moliyalashtirish to‘g‘risidagi 1,25 milliard funt sterlingga teng memorandum imzolash eng asosiy voqelaridan biriga aylanadi.

Forum muntazam ravishda London va O‘zbekistonda o‘tkazilishi, Britaniya va Yevropa kompaniyalarining taklifiga binoan rejalashtirilishi ko‘zda tutilgan.

Uzoq muddat mobaynida bunday forumlar biznes aloqalarni kengaytirish, yangi o‘zaro manfaatli hamkorlik qilish, shuningdek, moliyaviy, neft-gaz va iqtisodiy sohadagi mutaxassislar o‘rtasida turli xil ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazish uchun noyob imkoniyat yaratadigan platformaga aylanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring