«O‘zbekneftgaz»: Aholiga maishiy tabiiy gazni yetkazib berish yo‘lga qo‘yildi

Sho‘rtan neft gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli «Namozboy» konida past bosimli quduqlardan gazni birlamchi tayyorlash qurilmasida tayyorlab va aholiga maishiy tabiiy gazni yetkazib berish yo‘lga qo‘yildi.
Qurilmani avtomatik tarzda boshqarish va texnologik reglament asosida qurilma apparatlariga bosim, harorat va sarf o‘lchov asbobi, zamonaviy nazorat o‘lchov asboblari, rostlovchi klapinlar hamda boshqaruv shkafi o‘rnatildi.
Kerakli texnologik jarayon parametrlarini doimiy nazorat qilish va boshqarish uchun kompyuter mnemosxemasiga zarur dasturiy ta’minot ishlari bajarilib, zarur ma’lumotlar chiqarildi.
Texnologik jarayonlarini boshqarish tizimini tadbiq qilish bo‘yicha montaj va dasturiy ta’minot ishlari «O‘zbekneftgaz» AJ Metrologiya, avtomatlashtirish va standartlashtirish bo‘limi mutaxassislari hamda Sho‘rtan NGQChB mutaxassislari hamkorligida amalga oshirildi.
«O‘zbekneftgaz» Matbuot xizmati
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter