Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruvi raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

«O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruvi raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Foto: «O‘zbekneftgaz» AJ.

2019-yil 24-iyundan buyon «O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruvi raisining qazib chiqarish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Alisher Sayfullayevich Mustafoyev lavozimidan ozod etildi.

Uning o‘rniga Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi direktori Rustam Cho‘liyevich Sherov «O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruvi raisining qazib chiqarish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Ma’lumot uchun: Rustam Sherov 1978yili Qashqadaryo viloyati, Muborak tumanida tug‘ilgan. U neft va gaz sohasidagi faoliyatini 2002-yilda «Muborakneftgaz» UKda geologlikdan boshlagan. «O‘zgeoburg‘uneftgazqazibchiqarish» AJda turli lavozimlarda, «O‘zneftgazqazibchiqarish» AJda Boshqaruvi rais lavozimida faoliyat yuritgan.

Boshqaruv raisining qazib chiqarish bo‘yicha o‘rinbosari uglevodorodlar qazib olishni ko‘paytirishga, yangi neft va gaz inshootlarini foydalanishga topshirishni tezlashtirishga, jarayonlarni intensivlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishga va zamonaviy rivojlanish usullariga yo‘naltirilgan kompleks chora-tadbirlarni tashkil etish va amalga oshirishga mas’uldir.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring