Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbekneftgaz»: Bir guruh mutaxassislar «Ernst & Young» Biznes akademiyasida malaka oshirishdi

«O‘zbekneftgaz»: Bir guruh mutaxassislar «Ernst & Young» Biznes akademiyasida malaka oshirishdi

«O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev topshirig‘iga ko‘ra, joriy yilning 18-26-iyul kunlari aksiyadorlik jamiyatining bir guruh mutaxassislari Olmaota shahridagi «Ernst & Young» Biznes akademiyasi tomonidan tashkil etilgan «Neft va gaz kompaniyasida risklarni boshqarish» mavzusidagi  malaka oshirish kurslarida ishtirok etishdi. 

Ushbu ta’lim dasturi o‘z ichiga korporativ boshqaruv, risklarni boshqarish, ichki nazorat, kompyuterni modellashtirish va investitsiya loyihalari risklarini baholash, shuningdek, ichki audit kabi asosiy yo‘nalishlarni qamrab olgan.

Dastur doirasida ishtirokchilar kompaniyaning korporativ boshqaruvi va risklarni boshqarishda har bir xodimning vakolatlari va majburiyatlari, kompaniyada xavf madaniyatini shakllantirish tamoyillari asosida raqobat muhitida muvaffaqiyatli biznesni yaratish uchun samarali ichki nazoratni yaratish algoritmi bilan batafsil tanishtirildi.

Bundan tashqari, ishtirokchilar kompaniyadagi risklarni boshqarish jarayoni, risklarni aniqlash va baholash vositalari va usullarini, risklar to‘g‘risida hisobotlarni yaratishni va real misollar asosida investitsion loyihaning risklarini aniqlashni o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Dastur yakunida ishtirokchilarga «Ernst & Young» Biznes akademiyaning xalqaro standartdagi sertifikatlari topshirildi.

Ma’lumot uchun: «Ernst & Young» Biznes akademiyasi 25 yildan ortiq vaqt davomida mutaxassislarni kasbiy tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha MDH mamlakatlarida konsalting xizmatlarini ko‘rsatib kelmoqda.  Ushbu davr mobaynida turli sohalardagi yetakchi kompaniyalarning 150 mingdan ortiq mutaxassislari Akademiyada tayyorlangan.

 «O‘zbekneftgaz» AJ Matbuot xizmati

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring