«O‘zbekneftgaz» boshqaruvi Qashqadaryoga ko‘chirildi

«O‘zbekneftgaz» aksiyadorlik jamiyatining boshqaruvi Qashqadaryo viloyatiga ko‘chirildi. Bu haqda matbuot xizmati tomonidan xabar berilgan.
Xabarda aytilishicha, joylarda muammo va vazifalarni tezkor hal etish, uglevodorod xomashyosini qazib olishni ko‘paytirish, korxonalarning ishlab chiqarish faoliyatini bevosita nazorat qilish dasturi amalga oshirilishi uchun «O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruvi Qashqadaryo viloyatiga ko‘chirilgan.
«O‘zbekneftgaz» AJ boshqaruvi quyidagi manzilda joylashgan: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik ko‘chasi, 35-uy.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter