Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbekneftgaz»: Buxoroda kuniga 2 mln. kub metr gazni qayta ishlaydigan zavod ishga tushadi

«O‘zbekneftgaz»: Buxoroda kuniga 2 mln. kub metr gazni qayta ishlaydigan zavod ishga tushadi

«O‘zbekneftgaz» aksiyadorlik jamiyati Boshqaruv raisi Mehriddin Abdullayev Buxorodagi «Gazli» neft va gaz qazib chiqarish korxonasi va qurilishi davom etayotgan obe’ktlardagi hozirgi holatni o‘rgandi.

O‘rganish davomida «O‘chqir» siquv kompressor stansiyasi va «O‘chqir» propan-butan aralashmasini ajratib olish qurilmasida bajarilayotgan keng ko‘lamli ishlar bilan shaxsan tanishib chiqqan Boshqaruv raisi muammoli masalalar yechimi yuzasidan o‘z takliflarini hamda «O‘chqir» siquv kompressor stansiyasi joriy yilning may oyida ishga tushirilishi va to‘liq holatda ishlashi bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Eslatib o‘tamiz, «O‘chqir» siquv kompressor stansiyasi o‘z ish faoliyatini boshlasa, kunlik gaz qazib chiqarish hajmi 2 million kub metrga ortadi.

Sentyabr oyida ishga tushirilishi rejalashtirilgan «O‘chqir» propan-butan aralashmasini ajratib olish qurilmasi o‘z faoliyatini boshlasa, propan-butan qazib olish surati kunlik 200-210 tonnagacha oshishi rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, «O‘chqir» propan-butan aralashmasini ajratib olish qurilmasining yillik quvvati 80 ming tonna bo‘lgan suyultirilgan gaz, yiliga 37 ming tonna barqarorlashgan gaz kondensati olish rejalashtirilgan.

«O‘zbekneftgaz» AJ Matbuot xizmati

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring