Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbekneftgaz» delegatsiyasi dengizda neft va gaz konlarini qidirish va burg‘ulash bilan tanishdi

«O‘zbekneftgaz» delegatsiyasi dengizda neft va gaz konlarini qidirish va burg‘ulash bilan tanishdi

«O‘zbekneftgaz» AJ delegatsiyasi a’zolari Ozarboyjon Respublikasining «Socar» kompaniyasida quruqlik va dengizda neft va gaz konlarini qidirish, burg‘ulash ishlarida geologik va geofizik tadqiqotlar o‘tkazish faoliyati bilan tanishdilar.

Delegatsiya a’zolari uch kun davomida Ozarboyjon Respublikasining «Socar» kompaniyasiga o‘zaro hamkorlik yuzasidan tashrif buyurishdi.

Tashrif doirasida, ushbu kompaniyaning tarkibiy qismi hisoblangan Geofizika va geologiya boshqarmasida ikkitomonlama manfaatli uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Ushbu boshqarma Ozarboyjon Respublikasida quruqlik va dengizdagi neft va gaz konlarini qidirish, chuqur burg‘ulash uchun tuzilmalarni tayyorlash, geologik va geofizik tadqiqotlar o‘tkazish, shuningdek konlarni ishlatish jarayonini geofizik nazorat qilish uchun mas’ul hisoblanadi.

«Socar» kompaniyasi a’zolari geofizika va geologiya boshqarmasini ishlab chiqarish bo‘linmalari ishi alohida tanishtirgan holda, qidiruv geofizikasi, kon (quduq) geofizikasi, muhandislik, geologik topografik ishlar borasida batafsil tushuntirishlar berib o‘tdilar.

Shuningdek, ular o‘zlarining quduqlarda burg‘ulash jarayonini boshqaruvchi va masofadan nazorat qiluvchi burg‘ulash jarayonini masofadan turib monitoring qilish dasturi bilan bilan tanishdilar.

Masofadan turib kuzatuv dasturi yordamida quduq burg‘ulash jarayonining geotexnologik paramterlari real vaqt mobaynida mijozga uzatiladi. Ushbu dastur kunlik 24 soat davomida real vaqt rejimida neft va gaz quduqlarida sodir bo‘layotgan jarayonlarni kuzatishga imkon beradi. «O‘zbekneftgaz» AJ tizimidagi korxonalarda ham ushbu tajriba qo‘llanilishiga kelishib olindi.

Bundan tashqari safar davomida quruqlik va dengizda geologik, geofizik tadqiqotlarni o‘tkazish jarayonini tashkil etish, burg‘ulash jarayonini monitoring va nazorat qilish, shuningdek, foydalaniladigan uskunalarni texnik, texnologik xususiyatlari va imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.

Tashrif yakunida har ikkala kompaniyaning mutaxassislari muloqotni davom ettirishga va to‘plangan ma’lumotlar yuzasidan neft va gaz geologiyasi, geofizikasi yuzasidan tajriba almashish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi» tuzishga kelishib oldilar.


«O‘zbekneftgaz» AJ Matbuot xizmati

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring