Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbekneftgaz» delegatsiyasi Ozarboyjonda neft qazib olish ishlari bilan tanishmoqda

«O‘zbekneftgaz» delegatsiyasi Ozarboyjonda neft qazib olish ishlari bilan tanishmoqda

Kecha, Mehriddin Abdullayev boshchiligidagi «O‘zbekneftgaz» AJ delegatsiyasi a’zolari o‘zaro tajriba almashish uchun Ozarboyjon Respublikasiga tashrif buyurgani haqida ma’lum qilgan edik.

Tashrif davomida «O‘zbekneftgaz»aksiyadorlik jamiyati delegatsiyasi a’zolari «Socar» kompaniyasining «NIPIneftegaz» qoshida ochilgan ishlab chiqarish bazasi va «Azneft» kompaniyasining «Bibieybat» neft qazib olish boshqarmasida bo‘lib, neft qazib olish, qazib olish suratini oshirish va quduqlarda ta’mirlash ishlarini olib borish ishlari bilan tanishishdi.

Bundan tashqari, har bir quduqni ishlash rejimini nazorat qilish onlayn avtomatlashtirilgan tizimi ko‘rib chiqildi hamda o‘zaro fikr almashildi.

Delegatsiya a’zolari «Azneft» kompaniyasining «Bibieybat» neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi rahbari bilan uchrashib, neft qazib chiqarish boshqarmasi boshqaruv faoliyati bilan tanishdi.

Tashrif davomida loyihalashtirish instituti tomonidan olib borilayotgan ishlar, neft qazib chiqarish davomida o‘ta zarur bo‘lgan kimyoviy reagentlar deemulgator va ingibitorlar ishlab chiqarish texnologiyasi bilan ham tanishib chiqildi.

Bundan tashqari, «O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev va delegatsiyamiz a’zolari «Socar» neft qazib olish kompaniyasining bosma nashrlari chop etiladigan nashriyot faoliyati bilan ham tanishdi.

«O‘zbekneftgaz» AJ Matbuot xizmati

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring