Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbekneftgaz»: Hududlarda «Fermerlarga yoqilg‘i tarqatish shoxobchalar»i mavsumga tayyorlandi

«O‘zbekneftgaz»: Hududlarda «Fermerlarga yoqilg‘i tarqatish shoxobchalar»i mavsumga tayyorlandi

«O‘zbekneftegaz» AJ raisi Mehriddin Abdullayev neftbazalar holatini tanqidiy o‘rganish va ulardagi xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish borasida topshiriq berdi.

Natijada, «O‘zbekneftegaz» AJ Neftni qayta ishlash, neftkimyo, neft mahsulotlarini saqlash va transportirovka qilish departamenti bir qator o‘rganishlarni olib bordi.

Olib borilgan ishlar natijasida, «Andijon neft bazasi» MChJga qarashli 8-sonli «Fermerlarga yoqilg‘i tarqatish shoxobchalar»i (FYoTSh)da qayta ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari bajarildi.

Ancha ta’mirtalab ahvolga kelib qolgan «Urganch neft bazasi» MChJga qarashli 54-sonli «Fermerlarga yoqilg‘i tarqatish shoxobchasi» (FYoTSh)ning tashqi ko‘rinishi o‘zgartirildi, olib borilgan qayta ta’mirlash va obodonlashtirish ishlaridan so‘ng, xizmat ko‘rsatishdagi holati to‘liq o‘zgartirildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring