Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbekneftgaz»: Mo‘ynoqdagi ko‘l bo‘yidan tabiiy gaz olina boshlandi

«O‘zbekneftgaz»: Mo‘ynoqdagi ko‘l bo‘yidan tabiiy gaz olina boshlandi

Ustyurt gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli «Sharqiy Berdaq» gazkondensat konidagi 64-sonli quduqda burg‘ulash ishlari tugatildi. Ushbu quduq Mo‘ynoqdagi «Uchsoy» tabiiy ko‘li qirg‘og‘ida joylashgan.

Quduqning 2050-2056m, 2234-2237m intervallar oralig‘ida perforatsiya qilindi. Natijada yerning yura qatlamlaridan kunlik 100 ming kub metr sanoat miqyosida tabiiy gaz qazib chiqarilishiga erishildi.

Shuningdek, «Shimoliy Berdaq» gazkondensat konidagi 71-sonli quduqda ham burg‘ulash ishlari tugatildi. Quduqning 2362-2359m, 2352-2349m, 2277-2273m, 2266-2262m intervallar oralig‘ida perforatsiya qilindi. Natijada quduqdan kunlik 70 ming kub metr sanoat miqyosida tabiiy gaz qazib chiqarilishiga erishildi.

«O‘zbekneftgaz» AJ Matbuot xizmati

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring