Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbekneftgaz»: «Nihol» oromgohi 2022-yil yoz muvsumi iyul oyining «Eng yaxshi oromgohi» deb topildi

«O‘zbekneftgaz»: «Nihol» oromgohi 2022-yil yoz muvsumi iyul oyining «Eng yaxshi oromgohi» deb topildi

«O‘zbekneftgaz» AJ tizimidagi zavod, boshqarmalar va tashkilotlar hamda Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi va uning tarkibidagi boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlari tomonidan ishchi-xodimlarning farzandlarini yozgi ta’til vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlarini tashkil etish maqsadida qator ijobiy ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Joriy yilning yozgi mavsum davomida jamiyat tassarrufidagi Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli «Yosh alangachi», Muborak gazni qayta ishlash zavodiga qarashli «Nihol», Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli «Beruniy», Sho‘rtan gaz kimyo majmuasiga qarashli «Lochin», Buxoro neftni qayta ishlash zavodiga qarashli «Neftchi» nomli bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarida 10 mingga yaqin bolalarni dam olishlari rejalashtirildi.

Xususan, yozgi mavsumning birinchi navbatida 2250 nafar, ikkinchi navbatida 2784 nafar bola dam olishdi. Mavsumning uchinchi navbatida 2612 nafar bolalarni lagerlarga qabul qilindi.

Oromgohning fidoiy jamoasiga, bolalar uchun barcha sharoitlarni yaratib berayotgan "O‘zbekneftgaz" AJ hamda Muborak gazni qayta ishlash zavodiga minnatdorlik tariqasida birinchi darajali diplom taqdim etildi.

Ushbu oromgoh Qashqadaryo viloyati, Yakkabog‘ tumanida joylashgan bo‘lib, bu yerda bolalar dam olishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan, cho‘milish xavzalari, sport majmualari, to‘garaklar, kutubxonalar, madaniy dam olish uchun mo‘ljallangan sahnalar mavjud.

Shuningdek, har-xil madaniy-ma’rifiy, ko‘ngilochar tadbirlar, oromgohning ochilish marosimi, «Oromgoh malikasi», «Jajji raqs malikasi», jonli ijro, she’riyat kechalari, raqs qiroli, bilimdonlar bellashuvi, quvnoqlar va zukkolar bellashuvlari, shoirlar ijodiga bag‘ishlangan kechalar, suv bayrami, liboslar ko‘rgazmasi, kulgi kuni, oromgohning yopilish marosimi, sport tadbirlari, rassomchilik, badiiy bezak, mohir qo‘llar va shu kabi bir qator tadbirlar uyushtirib kelinmoqda.

Ushbu tadbirlar bolajonlarning o‘ziga bo‘lgan ishonchni yuksalishiga, ona Vatanimizga bo‘lgan mehrini ortishiga, dunyoqarashi hamda bilim saviyalari o‘sishiga katta turtki bo‘lib kelmoqda.

«O‘zbekneftgaz» AJ Matbuot xizmati

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring