Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbekneftgaz» va «Natural Gas-Stream» hamkorlikda burg‘ulash va 3D seysmik qidiruv ishlari olib bormoqda

«O‘zbekneftgaz» va «Natural Gas-Stream» hamkorlikda burg‘ulash va 3D seysmik qidiruv ishlari olib bormoqda

Investitsiya loyihalarini amalga oshirish departamentining ma’lum qilishicha, «Natural Gas-Stream» tomonidan «Sechanko‘l», «Oqjar» va «Chimboy» investitsion bloklarida geologik qidiruv ishlarini olib borish hamda «Urga», «Oqchaloq» va «Chandir» guruhi konlarida qazish ishlarini amalga oshirish investitsion loyihalar amalga oshirilmoqda.

Hozirgi kunga qadar loyiha doirasida 25 ta quduqda burg‘ulash ishlari tugatildi va 600 kv.km. maydonda 3D seysmik qidiruv ishlari o‘tkazildi.

Tabiiy gaz qazib chiqarishni ko‘paytirish maqsadida «Natural Gas-Stream» tomonidan 2 ta quduqda burg‘ulash, 6 ta quduqda yon stvolini kesish va 11 ta quduqda kapital ta’mirlash bo‘yicha amaliy chora tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan. Uni amalga oshirish natijasida kunlik tabiiy gaz qazib chiqarishni 3,66 mln. kub metrdan 4 mln. kub metrgacha yetkazish rejalashtirilgan.

«O‘zbekneftgaz» AJ Matbuot xizmati

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring