«O‘zbekneftgaz» yana ikkita quduqdan gaz olishni boshladi

Ustyurt gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli «Shimoliy Berdak» gazkondensat konidagi 81-sonli quduqda burg‘ulash ishlari tugatildi. Bu haqda «O‘zbekneftgaz» AJ matbuot xizmati xabar berib o‘tdi.
Ushbu quduqning 2613-2598m, 2380-2376m, 2340-2332m intervallar oralig‘ida perforatsiya qilindi. Natijada quduqdan kunlik 70 ming kub metr sanoat miqyosida tabiiy gaz qazib chiqarilishiga erishildi.
Ma’lumot uchun: «Shimoliy Berdak» gazkondensat koni Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumanida joylashgan bo‘lib, 2006 yilda ishga tushirilgan.
Shuningdek, Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli «Janubiy Kemachi» konidagi 147-sonli quduqda kapital ta’mirlash ishlari olib borildi.
Quduqni o‘zlashtirish natijasida sanoat miqyosida tabiiy gaz oqimi olindi.
Kapital ta’mirlash ishlari «O‘zneftgazquduqta’mirlash» AJ tomonidan amalga oshirildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter