Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zganing kartasida onlayn kredit rasmiylashtirilib, salkam 5 mln so‘m yechib olindi

O‘zganing kartasida onlayn kredit rasmiylashtirilib, salkam 5 mln so‘m yechib olindi

Foto: IIV Kiberxavfsizlik markazi

Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida istiqomat qiluvchi M.A. (1999-y.t.)ning bank kartasida kutilmaganda 4 900 000 so‘m pul paydo bo‘lib, keyin o‘z-o‘zidan yo‘q bo‘lib qoldi... «Anomal hodisa» sababini bilish uchun M.A. ichki ishlarga murojaat qildi.

Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida sirli voqeaga aniqlik kiritildi, Jizzax shahrida yashovchi A.F. (1992-y.t.) qo‘lga olindi. A.F. karta egasi (jabrlanuvchi)ning tanishi bo‘lgan, uning mobil telefonidan sezdirmasdan SMS-xabarnoma orqali bank karta boshqaruvini qo‘lga kiritgan. So‘ngra onlayn kredit rasmiylashtirib, mazkur pullarni o‘z plastik raqamiga o‘tkazib, shaxsiy ehtiyojlariga ishlatib yuborgan.

IIV Kiberxavfsizlik markazi xabariga ko‘ra, A.F.ga nisbatan O‘zR. JKning 169-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bank kartasi va shaxsiy telefon ma’lumotlariga hushyorroq bo‘laverish kerak, kiberfiribgarlar yo‘q pulni ham o‘g‘irlashni o‘rganib olishdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring